Shveysariya terma jamoasining JCH-2026 uchun kengaytirilgan tarkibi ma’lum bo‘ldi. Musobaqa uchun bosh murabbiy Murat Yakin milliy jamoaga 26 nafar futbolchini jalb etdi.
Turnirga yo‘l oladigan futbolchilar ro‘yxati:
-
Darvozabonlar: Gregor Kobel («Borussiya Dortmund»), Marvin Keller («Yang Boyz»), Ivon Mvogo («Loryan»);
-
Himoyachilar: Manuel Akandji («Inter»), Niko Elvedi («Borussiya Myonxengladbax»), Miro Muxaym («Gamburg»), Rikardo Rodriges («Betis»), Silvan Vidmer («Mayns»), Luka Xakes («Shtutgart»), Aurele Amenda («Ayntraxt»), Eray Jemert («Valensiya»);
-
Yarim himoyachilar: Ardon Yashari («Milan»), Denis Zakariya («Monako»), Granit Djaka («Sanderlend»), Yoan Manzambi («Frayburg»), Djibril Sou («Sevilya»), Mishel Ebisher («Piza»), Remo Froyler («Bolonya»), Kristian Fassnaxt («Yang Boyz»), Fabian Rider («Augsburg»), Noa Okafor («Lids»), Ruben Vargas («Sevilya»), Dan Ndoye («Nottingem Forest»);
-
Hujumchilar: Sedrik Itten («Fortuna»), Breel Embolo («Renn»), Zeki Amduni («Bernli»).
JCH-2026 guruh bosqichida Shveysariya terma jamoasi Qatar, Bosniya va Gersegovina hamda musobaqa mezbonlaridan biri — Kanada vakillariga qarshi bahs olib boradi.













