Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Futzal. O‘zbekiston kubogi finali ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Futzal. O‘zbekiston kubogi finali ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Nufuzi jihatidan mamlakatimiz futzalida ikkinchi o‘rinda turadigan O‘zbekiston kubogi musobaqasining 2026 yilgi mavsumi bosh sovrini uchun bahs olib boruvchi da’vogarlar aniqlandi.

Amaldagi Kubok sohibi – BMB jamoasi musobaqa mezbonlariga qarshi o‘yinda ikkita yutuqqa erishgan bo‘lsa. SQB Toshkent viloyatining “Maksam-CHirchiq” jamoasi to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Qashqadaryolik muxlislar “Nasaf”dan bu bosqichda ham mo‘jiza kutishgandi. Yarim finalning ilk to‘qnashuvi ishqibozlar umidini biroz oqlagandek ko‘ringandi. Ammo jiddiy raqobatga va ehtiroslarga boy o‘yinda mezbonlarning ruhiy tayyorgarligi pand berdi. Jamoa yetakchisi Ixtiyor Ropiyev birinchi uchrashuvda maydondan chetlatilgan bo‘lsa, Odiljon Asomov ikkinchi sariq kartochkasini "ishladi". Ularning yo‘qligi javob uchrashuvida yaqqol bilindi. BMB PFC ortiqcha qiyinchiliksiz, yirik hisobda zafar quchdi.

SQB hamda “Maksam-CHirchiq” jamoalari o‘rtasidagi har ikkala yarim final uchrashuvi teng kurashlar ostida kechdi. Birinchi bahsda bankchilar bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda ham intriga so‘nggi soniyalargacha saqlanib turdi. Ammo kerakli vaziyatlarda SQB futzalchilarining tajribasi va mahorati o‘z so‘zini aytdi. Shu tariqa finalga ikkinchi yo‘llanmani SQB jamoasi qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston kubogi – 2026 musobaqasining hal qiluvchi final uchrashuvi poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi 2026-yilning 3-iyun kuni soat 18:00 da boshlanadi.

Manba: O‘zbekiston futzali
Kiritildi: 23:27, 19.05.2026.
O'qildi: 140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик