Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Portugaliya bosh murabbiyi avtohalokatda vafot etgan Jotani yodga oldi

Portugaliya bosh murabbiyi avtohalokatda vafot etgan Jotani yodga oldi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Diogu Jotaning fojiali halokati jamoa uchun juda og‘ir dam bo‘lganini so‘zlab berdi.

«Liverpul» klubi futbolchisi va uning «Penafiel» safida to‘p surgan ukasi Andre Teysheyra da Silva 2025 yilning 3 iyul kuni Ispaniya shimoli-g‘arbida yuz bergan avtohalokat oqibatida vafot etishgan edi. Ular yuqori tezlikda boshqa bir avtomobildan o‘zib ketayotgan vaqtda Lamborghini mashinasining shinasi portlab ketgan. Natijada boshqaruvni yo‘qotgan avtomobil yo‘l chetidagi to‘siqqa urilib, yonib ketgan.

«U bizning kuch-quvvatimiz, quvonchimiz edi. Har birimizning hayotimizda juda og‘ir damlar bo‘ladi. Diogudan ayrilish biz uchun unutilmas va juda og‘ir lahza bo‘ldi. Endi barchamiz Dioguning orzusi uchun kurashishga burchlimiz, u hamisha terma jamoamiz uchun haqiqiy o‘rnak edi.

Diogu Jotaning ruhi, kuchi va qoldirgan namunasi biz uchun maydonda doimo «plyus bir» (qo‘shimcha kuch) bo‘lib qolaveradi», — dedi Martines.

Kiritildi: 23:41, 19.05.2026.
O'qildi: 298 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик