«Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Migel Serrano xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» bosh murabbiyligiga tayinlanishi kutilayotgan Joze Mourinyo shu yozda italiyalik futbolchini o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis Bastonini qirollik klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun eng asosiy variant sifatida ko‘rmoqda.
Joriy mavsumda Alessandro Bastoni «Inter» safida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Avvalroq, ushbu himoyachini sotib olishga eng asosiy da’vogar «Barselona» klubi bo‘lib turgani haqida xabarlar tarqalgan edi.













