So‘nggi to‘qqiz yil ichida ilk bor Angliya poytaxti vakili Premyer-liga g‘olibiga aylandi.
Bugun «Arsenal» mamlakat chempionligini rasmiylashtirdi. Bu londonliklar uchun 2016/17 yilgi mavsumdagi «Chelsi» zafaridan keyin poytaxtga qaytgan ilk bosh sovrin bo‘ldi.
O‘shandan beri o‘tgan davr mobaynida «Manchester Siti» olti marta, «Liverpul» esa ikki marta Angliyada tengsiz deb topilgan edi.













