Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Mikel Arteta — so‘nggi 20 yil ichida APLda g‘olib chiqqan eng yosh murabbiy!

Mikel Arteta — so‘nggi 20 yil ichida APLda g‘olib chiqqan eng yosh murabbiy!

Baho:
+ | -

«Arsenal» ustozi Mikel Arteta so‘nggi 20 yil ichida Premyer-ligada g‘olib chiqqan eng yosh bosh murabbiyga aylandi.

44 yoshli bask millatiga mansub mutaxassis APLning 37-turi yakunlariga ko‘ra, londonliklar bilan muddatidan oldin chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Oxirgi marta 2005/06 yilgi mavsumda 43 yoshli Joze Mourinyo «Chelsi» bilan ingliz futboli taxtini zabt etgan edi.

Qayd etish lozimki, Arteta 44 yoshu 54 kunligida Premyer-liga tarixidagi eng yosh chempion murabbiylar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi. Undan yoshroq holatda faqatgina Joze Mourinyo ikki bor chempionlikka erishgan (2004/05 yilgi mavsumda — 42 yoshu 94 kunlikda, 2005/06 yilgi mavsumda esa — 43 yoshu 93 kunlikda).

Kiritildi: 01:44, 20.05.2026.
O'qildi: 305 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик