Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Arsenal»da yetti yildan beri ishlayotgan Arteta o‘z kolleksiyasiga eng katta sovrinni qo‘shib qo‘ydi

«Arsenal»da yetti yildan beri ishlayotgan Arteta o‘z kolleksiyasiga eng katta sovrinni qo‘shib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Mikel Arteta murabbiylik faoliyatidagi navbatdagi sovringa ega chiqdi.

«Manchester Siti» klubi APL 37-turida «Bornmut»ni mag‘lub eta olmaganidan so‘ng (1:1), «Arsenal» muddatidan oldin Angliya chempionligini naqd qildi.

Bu Arteta uchun murabbiy sifatidagi to‘rtinchi titul bo‘ldi va u ushbu sovrinlarning barchasini «kanonirlar» boshqaruvida qo‘lga kiritgan. Ispaniyalik mutaxassis 2019/20 yilgi mavsumda Angliya Kubogida zafar quchgan bo‘lsa, 2020 va 2023 yillarda mamlakat Superkubogida g‘olib chiqqan edi.

Angliya chempionatidagi ushbu g‘alaba Arteta uchun ham murabbiy, ham futbolchi sifatida birinchisi bo‘ldi: sobiq yarim himoyachi o‘z vaqtida «Arsenal» libosida to‘p surgan kezlarida ikki martadan Angliya Kubogi va Superkubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, ammo chempion bo‘la olmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis 2019 yilning dekabr oyidan buyon «Arsenal» klubini boshqarib kelmoqda.

Kiritildi: 01:52, 20.05.2026.
O'qildi: 251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик