Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

APL Gvardiolaning mukammal statistikasiga nuqta qo‘ydi

APL Gvardiolaning mukammal statistikasiga nuqta qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘z faoliyatida ilk bor ketma-ket ikki mavsum davomida chempionlikni qo‘lga kirita olmadi.

«Shaharliklar» APL 37-turi doirasida safarda «Bornmut» bilan durang o‘ynashdi (1:1) va bu natija «Arsenal»ning Premyer-ligada g‘olib chiqishini ta’minladi.

O‘tgan mavsumda «Siti» marrani uchinchi o‘rinda yakunlagan, chempionlik esa «Liverpul»ga nasib etgan edi. Angliyadagi 10 yillik faoliyati davomida Gvardiola ilk bor ketma-ket ikki mavsumni bosh sovrinsiz tugatmoqda. U bundan avval 2016/17 yilgi mavsumda uchinchi, 2019/20 yilgi mavsumda esa ikkinchi o‘rinni egallagan, qolgan oltita mavsumda esa shohsupaga ko‘tarilgan edi.

Bu kabi holat Pepning murabbiylik faoliyatida umuman birinchi marta kuzatilmoqda. U «Barselona»dagi to‘rt yillik faoliyati davomida uch marta La Ligada zafar quchgan, «Bavariya»dagi uch yilida esa uch marta Bundesliga chempioniga aylangan edi.

Kiritildi: 01:54, 20.05.2026.
O'qildi: 268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик