«Bornmut» klubi hujumchisi Eli Junior Krupi APL 37-turida «Manchester Siti» darvozasiga kiritgan goli evaziga turnir rekordini o‘rnatdi.
19 yoshli fransiyalik futbolchi uchrashuvning 39-daqiqasida Adriyen Tryufferning uzatmasidan so‘ng bahsda hisobni ochgan edi.
Shu tariqa, Krupi APLdagi debyut mavsumida 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan tarixdagi ilk tineyjer (20 yoshdan oshmagan futbolchi) bo‘ldi. Bungacha debyut mavsumida Robbi Fauler («Liverpul», 1993/94) va Robbi Kin («Koventri», 1999/2000) 12 tadan gol urishga erishishgan edi.













