Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Arsenal» APLdagi chempionlikka munosabat bildirdi (foto)

«Arsenal» APLdagi chempionlikka munosabat bildirdi (foto)

Baho:
+ | -

«Arsenal» matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning APL 2025/2026 yilgi mavsumidagi chempionligiga bag‘ishlangan suratni joylashtirdi.

«Arsenal» — Premyer-liga chempionlari!», — deyiladi London klubi xabarida.

Mavsum yakunlanishiga bir tur qolganda «Arsenal» 82 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Yig‘ilgan ochkolar bo‘yicha 78 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Siti» chempionlik uchun matematik imkoniyatlardan butunlay mahrum bo‘ldi.

Angliya Premyer-ligasining ortda qolgan 37 ta turida «Arsenal» 25 ta g‘alabaga erishdi, 7 bor durang o‘ynadi va 5 ta uchrashuvda mag‘lubiyat alamlarini tatib ko‘rdi. Mikel Arteta shogirdlari musobaqaning so‘nggi, 38-turida «Kristal Pelas» mehmoni bo‘lishadi. Uchrashuv 24 may kuni Londondagi «Selxerst Park» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:24, 20.05.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик