Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Pep Gvardiola «Manchester Siti»dan ketishi haqidagi xabarlarga javob berdi

Pep Gvardiola «Manchester Siti»dan ketishi haqidagi xabarlarga javob berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola mavsum yakunida klubni tark etishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

– Shartnomam tugashiga yana bir yil bor, deb aytgan bo‘lardim. Mening tajribamdan kelib chiqib aytsam: mavsum davomida e’lon qilinadigan har qanday bayonot — juda va juda yomon natijaga olib keladi.

Birinchi navbatda men boshqaruv raisi bilan gaplashib olishim kerak. Mavsum yakunlangach, biz birgalikda qaror qabul qilamiz. Vaziyatga qaraymiz, gaplashamiz — tamom. Qarorni o‘shanda qabul qilamiz.

– Demak, hali yakuniy qaror qabul qilinmadi?

– Shartnomam bo‘yicha yana bir yilim bor. Bu yerda sizlarga hech narsa demayman, chunki avvalo buni direktor, futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan muhokama qilishim kerak.

Men ushbu klubda ishlayotganim sababli sayyoramizdagi eng baxtli insonman. Bu klub — alohida bir olam, — dedi «shaharliklar» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 07:58, 20.05.2026.
O'qildi: 652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик