Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Bornmut» APLning eng uzoq davom etayotgan seriyasi sohibi bo‘lib turibdi

«Bornmut» APLning eng uzoq davom etayotgan seriyasi sohibi bo‘lib turibdi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Bornmut» klubi «Manchester Siti» ustidan qozoniladigan g‘alabaga juda yaqin kelgandi, biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda gol o‘tkazib yubordi va uch ochko o‘rniga atigi bir ochko bilan kifoyalandi. Shunga qaramay, Andoni Iraola shogirdlari o‘zlarining aql bovar qilmas seriyasini uzaytirishdi — ular APLda ketma-ket 17 ta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilishmayapti!

Bu hozirgi vaqtda Angliya futboli yuqori divizionidagi davom etayotgan eng uzoq seriya va klub tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Shuningdek, joriy mavsumdagi muvaffaqiyatlar klubga keyingi mavsum uchun yevrokuboklarga yo‘llanma taqdim etganini ham qayd etish lozim. Bunday voqea ham «giloslar» tarixida ilk bor yuz bermoqda. APLning so‘nggi turida ular «Nottingem Forest»ga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 09:35, 20.05.2026.
O'qildi: 486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик