Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Inter» Kristian Kivu bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

«Inter» Kristian Kivu bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu klub bilan shartnomasini uzaytiradi. «Neradzurrilar» ruminiyalik mutaxassis bilan yangi mehnat bitimi shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda jurnalist Andrea Paventi.

Shartnoma 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallanadi, shuningdek, unga shartnomani avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish bandi ham kiritilgan. Agar biror bir kutilmagan vaziyat yuzaga kelmasa, klub keyingi haftada ushbu kelishuvni rasman e’lon qiladi. Kristian Kivu «Inter»dagi lavozimini o‘tgan yilning iyun oyidan buyon egallab kelmoqda. Murabbiy qo‘l ostidagi debyut mavsumida jamoa A Seriya va Italiya Kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 11:29, 20.05.2026.
O'qildi: 219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик