Yaqinda «Barselona» La Ligada muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Titul taqdiri hal bo‘lganidan ko‘p o‘tmay, Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres o‘z jamoasi adolatsiz hakamlikdan jabr ko‘rganini ma’lum qildi, shuningdek, «o‘g‘irlangan» yettita chempionlikka ishora qilib o‘tdi.
«Bu doim shunday bo‘lib kelgan. «Real»da bizning muvaffaqiyatlarimizni kamsitishga va qo‘lga kiritgan sovrinlarimizni qadrsizlantirishga doimo harakat qilishlarini hamma biladi, lekin bu bizni tashvishga solmasligi kerak. Tarkibda shuncha tarbiyalanuvchilar bilan va ko‘plab transferlarsiz ketma-ket ikki marta chempion bo‘lish — bu jiddiy yutuq. Boshqa klublar har yili transferlarni amalga oshirayotgan bir paytda, «Barselona» juda kam o‘yinchi sotib oldi. Biz o‘z yutuqlarimiz bilan faxrlanishimiz mumkin», — dedi Gavi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Xans-Diter Flik shogirdlari yakuniy tur oldidan «qaymoqranglilar»dan 11 ochkoga oldinda bormoqda.













