Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Gvardiolaning ketishi “Siti”ga qimmatga tushishi mumkin

Gvardiolaning ketishi “Siti”ga qimmatga tushishi mumkin

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda “shaharliklar”ni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida 29 yoshli futbolchining Ispaniyaga qaytish ehtimoli oshgan. Chunki 2024-yilgi “Oltin to‘p” sohibi agar jamoasini o‘zgartiradigan bo‘lsa, Ispaniya La Ligasidan boshqa chempionatga o‘tmasligini bildirgan.

“Real” rahbariyati qulay sharoitlar yuzaga kelgan taqdirda, bu transferni amalga oshirish imkoni bor deb hisoblamoqda. Sababi madridliklar uzoq vaqtdan beri Rodrining yetakchilik xislatlari, taktik tomondan yetukligi va maydon markazidagi muvozanatni ushlab turish qobiliyatini yuqori baholab keladi. Qolaversa, futbolchining o‘zi ham “qirollik klubi” safida o‘ynashga qarshi emas.

Shartnomasi yakunlanishiga yana bir yil qolgan ispaniyalik futbolchini sotib olish Madrid klubi uchun oson kechmasligi aniq. Biroq, transfer jarayonida Rodrining shaxsiy xohishi hal qiluvchi omilga aylanishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Rodri joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylandi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachining hozirgi bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:51, 20.05.2026.
O'qildi: 4313 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик