Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Ueyn Runi: «Gvardiola ketganidan keyin «Manchester Siti»ning avvalgidek muvaffaqiyat qozonishiga hech qanday imkoniyat yo‘q»

Ueyn Runi: «Gvardiola ketganidan keyin «Manchester Siti»ning avvalgidek muvaffaqiyat qozonishiga hech qanday imkoniyat yo‘q»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» bosh murabbiyligidan ehtimoliy ketishi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Gvardiola ketganidan keyin «Manchester Siti»ning avvalgidek muvaffaqiyatli bo‘lishiga hech qanday imkoniyat yo‘q. Menimcha, «Manchester Siti» duch keladigan muammo — xuddi ser Aleks Fergyuson ketganidan keyin «Manchester Yunayted»da kuzatilgan holat kabi bo‘ladi. Hatto Unai Emeri «Arsenal»ga kelganida, Arsen Vengerning o‘rnini bosish unga qanchalik qiyin bo‘lganini ko‘rdingiz. Bu yerda gap faqat Gvardiolaning o‘rniga boshqa murabbiy topishda emas, balki u ega bo‘lgan nufuz, ta’sir kuchi va futbolchilarni jamoaga jalb qila olish jozibasida», — dedi Runi Metro nashriga bergan intervyusida.

Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 20 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 17:55, 20.05.2026.
O'qildi: 347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик