Bir necha hafta oldin «Inter Mayami» hujumchisi va Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Byelsa o‘rtasida videoqo‘ng‘iroq bo‘lib o‘tdi. Jurnalist Diyego Domingesning ma’lumotlariga ko‘ra, milliy terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi aloqaning zaifligini oshkor qilgan bayonotlari uchun ustozidan uzr so‘ragan.
Biroq, Byelsa Suaresning bo‘lajak jahon chempionati uchun Urugvay terma jamoasi tarkibiga kiritilmasligini uzil-kesil ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Suares Urugvay terma jamoasi sharafini 2007 yildan 2024 yilgacha himoya qilgan. Milliy terma jamoa safida u 143 ta uchrashuv o‘tkazib, 69 ta gol urgan va 2011 yilda Amerika kubogini qo‘lga kiritgan.













