«Manchester Siti» Xosep Gvardiolani klub bosh murabbiyligi lavozimida ushlab qolishga harakat qilmoqda. Indykaila News nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bugun ertalab, 20 may kuni «shaharliklar» rahbariyati ispaniyalik mutaxassis bilan jiddiy va favqulodda muzokaralar o‘tkazib, uni yana bir mavsum jamoada qolishga ko‘ndirishga uringan.
Uchrashuv ancha keskin ruhda o‘tgan. «Manchester Siti» rahbariyati Gvardiola shu yozda klubni tark etish qarorini hali ham o‘zgartirishi mumkinligidan umid qilmoqda. «Shaharliklar» boshliqlari yaqin 48 soat ichida murabbiyning kelajagi borasida rasmiy bayonot berishni rejalashtirishyapti.
Agar biror bir kutilmagan mo‘’jiza ro‘y bermasa, Gvardiola o‘z lavozimini tark etadi. Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida «shaharliklar» 20 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.













