Yarim himoyachi Bernardu Silva shu yozda erkin agent sifatida «Manchester Siti»ni tark etadi. Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, Madridning «Atletiko» klubi portugaliyalik xavbek bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
«Matraschilar» futbolchiga 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bo‘lgan shartnoma taklif qilishdi. «Yuventus» ham Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashni davom ettirmoqda va shu hafta ichida uning agenti Jorje Mendesh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi.
Bernardu Silva 2017 yilda «Monako»dan «Manchester Siti»ga 50 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi «shaharliklar» safinda barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













