«Arsenal» hujumchisi Bukayo Saka London jamoasining APLdagi chempionligini nishonladi.
«Qani, boshladik! 22 yil davomida ular ustimizdan kulib, hazillar qilishdi, endi esa kula olishmaydi. Endi biz porlaymiz!» — dedi Saka ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda.
Seshanba kuni, 19 may kuni «Manchester Siti» «Bornmut»ni mag‘lub eta olmaganidan so‘ng (1:1), «kanonirlar» ta’qibchilari uchun mutlaqo yettib bo‘lmas darajaga chiqishdi. Chempionat tugashiga bir tur qolganda «Arsenal» hisobida 82 ochko bor, ikkinchi o‘rinda borayotgan «Siti»da esa 78 ochko mavjud.
«Arsenal» o‘z tarixida 14-bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Londonliklar 2003/04 yilgi mavsumdan beri ilk bor APL g‘olibiga aylanishdi — o‘shanda «kanonirlar» Arsen Venger boshchiligida Premyer-ligada birorta ham mag‘lubiyatga uchramay chempion bo‘lishgan edi.













