"Chelsi" yarim himoyachisi Andrey Santos Xabi Alonsoning londonliklar yangi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Xabi Alonso — top-murabbiy va futbol afsonasi. U men bilan bir xil pozisiyada o‘ynagan, shuning uchun men juda ko‘p mehnat qilishim kerak. Mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlash uchun qattiq ishlaymiz, yozda esa keyin nima bo‘lishini ko‘rib olamiz", — deya Santosning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Chelsi" rasmiy sayti.
Andrey Santos 2023 yilda "Vasko da Gama"dan "Chelsi"ga 12 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi "ko‘klar" safinda barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













