Futbol insayderi Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo va Real Madrid o‘rtasida shartnoma imzolanganini ma’lum qildi. Mourinyo “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi sifatida Alvaro Arbeloa o‘rnini egallaydi.
Romano ma’lumotiga ko‘ra, shartnoma 2029 yil yozigacha amal qiladi. Mourinyo kelasi hafta Madridga yetib boradi.
Ushbu mavsumda "Real Madrid" birorta ham sovrin qo‘lga kirita olmadi. Mourinyo klubni ikkinchi bor qabul qilib olmoqda. Bundan avval u madridliklarni 2010-2013 yillarda boshqargan.













