Himoyachi Gleyson Bremer shu yozda "Yuventus"ni tark etishi mumkin. Jurnalist Alfredo Pedullaning ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi endilikda turinliklarning daxlsiz (sotilmas) o‘yinchisi hisoblanmaydi.
"Yuventus" shu yozda o‘z futbolchisini sotish bo‘yicha kelib tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Gleyson Bremer 2022 yilda "Torino"dan "Yuventus"ga 51 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda braziliyalik himoyachi Turin klubi safinda barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Bremerning transfer bahosini 35 million yevroga baholamoqda.













