"Bayer" himoyachisi Edmond Tapsoba faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Jurnalist Grem Beylining ma’lumotlariga ko‘ra, "Chelsi" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
"Ko‘klar"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso ushbu o‘yinchini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Tapsoba avvalroq "Bayer"da ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘p surgan. U "Chelsi"ning yangi himoya chizig‘ida asosiy figuraga aylanishi mumkin.
Edmond Tapsoba 2020 yilda "Vitoriya Gimarayesh"dan "Bayer"ga 20 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi "dorishunoslar" safida barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













