«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa ligasi finalida «Frayburg» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu yil «Aston Villa» juda jiddiy va bor e’tiborini qaratgan holda harakat qildi. Futbolchilar ulkan ishtiyoq namoyish etishdi. Men ularga bu xususiyat Yevropa ligasida biz uchun juda zarur bo‘lishini aytgandim. Maydonda markaziy qahramonlar rolini ijro etish lozim edi va ular buni uddalashdi.
Fantastika. Yevrokuboklar «Aston Villa»ga ko‘p narsa berdi. Xuddi shu gapni shaxsan o‘zim haqimda ham aytishim mumkin. Yevrokuboklarda o‘ynash imkoniyati uchun doimo minnatdor bo‘laman. Bu yerda gap har bir turnir: Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi haqida ketmoqda. Albatta, Yevropa ligasi menga ayniqsa yaqin. Men o‘zim ishlagan barcha klublardan minnatdorman, chunki ular menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishdi. Ispaniyada — «Valensiya», «Sevilya» va «Vilyarreal»da, hamda bu yerda — «Aston Villa»da alohida qo‘llab-quvvatlashni his qildim», — deya Emerining so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA rasmiy sayti.
«Aston Villa» o‘z tarixida ilk bor Yevropa ligasida g‘olib chiqdi. Bu ingliz klubi uchun 1982 yildan beri ilk yirik yevrokubok finali edi. O‘shanda jamoa Yevropa chempionlar kubogi va UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan edi.













