«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele yana bir bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish istagi borligini ma’lum qildi.
Fransiyalik futbolchi 2025 yilda France Football talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
«Marsel» hamda Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi, 1991 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Jan-Pyer Papen vatandoshiga savol bilan yuzlandi: «Ushbu ajoyib «PSJ» jamoasida senda ushbu sovrinni («Oltin to‘p»ni) ikkinchi marta yutish imkoniyati bor. Men shunchaki bilmoqchi edim: bu sovrinni nima qilib bo‘lsa ham qo‘lga kiritish sening bosh ustuvor vazifangmi?»
«Uni bir marta qo‘lga kiritganingizdan keyin, yana ko‘p marta yutishni xohlab qolasiz, lekin men, shubhasiz, jamoani birinchi o‘ringa qo‘yaman.
Eng muhimi — Chempionlar ligasida g‘olib chiqish. Shuningdek, mening kallamda uzoq vaqtdan beri aylanib yurgan yana bir maqsadim bor, u ham bo‘lsa Fransiya terma jamoasi bilan ajoyib jahon chempionatini o‘tkazish. Keyin esa ko‘raveramiz», — dedi Dembele.













