«Aston Villa» so‘nggi 30 yil ichidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
Unai Emeri boshchiligidagi jamoa turnir finalida «Frayburg»ni 3:0 hisobida tor-mor etib, Yevropa ligasi g‘olibiga aylandi.
Bu Birmingem klubining 1996 yildan beri qo‘lga kiritgan ilk bosh titulidir — o‘shanda jamoa Angliya liga kubogida zafar quchgan edi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, «Aston Villa» 2001 va 2008 yillarda Intertoto kubogi g‘oliblaridan biriga aylangan edi.













