«Aston Villa» himoyachisi Metti Kesh Yevropa ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining final uchrashuvida «Frayburg» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bu aql bovar qilmas va juda yoqimli tuyg‘u! Biz finalgacha bo‘lgan yo‘lda juda ko‘p mehnat qildik va bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Bir necha yil davomida yevrokuboklarda tajriba to‘plab bordik va bugungi katta finalda bu bizga asqotdi. Muxlislar va stadiondagi atmosfera shunchaki dahshatli bo‘ldi. Endi esa bu g‘alabani uzoq va to‘yib nishonlasak bo‘ladi», — deya Keshning so‘zlarini keltirmoqda UYEFA rasmiy sayti.













