«Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jons milanlik «Inter» klubiga o‘tish g‘oyasini ma’qullamoqda. 25 yoshli futbolchi Italiyaga ko‘chib o‘tishga butunlay tayyor, biroq klublar o‘rtasida hali kelishuvga erishilmagan, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.
Ingliz futbolchisi «neradzurri»ning transfer bozoridagi ustuvor (prioritet) variantlaridan biri hisoblanadi, ammo Milan klubi mersisaydliklar o‘z tarbiyalanuvchisi uchun qancha mablag‘ talab qilishini hali aniqlashi kerak bo‘ladi. Kyortis Jonsning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi keyingi yilning o‘rtasida yakuniga yetadi, uning transfer qiymati esa «Transfermarkt» portali tomonidan 35 million yevroga baholangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.













