Unai Emeri yana bir bor Yevropa ligasidagi g‘alabani nishonladi — bu safar «Aston Villa» klubi bilan. Birmingemliklar chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida «Frayburg» jamoasini mag‘lub etishdi (3:0).
Squawka tahliliy portalining qayd etishicha, ispaniyalik mutaxassis kamida uchta turli jamoa bilan yevrokuboklarda g‘olib chiqqan tarixdagi to‘rtinchi murabbiyga aylandi.
Bungacha bunday natijani faqat Joze Mourinyo («Portu», «Inter», «Manchester Yunayted» va «Roma»), Rafael Benites («Valensiya», «Liverpul» va «Chelsi») hamda Udo Lattek («Bavariya», Myonxengladbaxning «Borussiya»si va «Barselona») qayd etishgan edi. Eslatib o‘tamiz, Emeri bundan avval «Sevilya» bilan uch marta va «Vilyarreal» bilan bir marta Yevropa ligasida zafar quchgan. Ushbu mutaxassis nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi yevrokubokda eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi.













