«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Gustavo Poyet Xabi Alonsoning London klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu tayinlov menga juda ma’qul keldi. Alonso APLni yaxshi biladi. Uning ertaroq tayinlangani esa yozgi tanaffusgacha va ko‘pchilik futbolchilar Jahon chempionatiga jo‘nab ketishidan oldin jamoa bilan tanishib olish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. U «Chelsi»ga qanday o‘yin uslubini tatbiq etishni va buni amalga oshirish uchun aynan qaysi futbolchilarni sotib olish muhimligini tushunish maqsadida jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarni ko‘p kuzatganiga ishonchim komil. «Chelsi»da jiddiy yevrokubok musobaqalari bo‘lmagani sababli Alonso bor e’tiborini APLga qarata oladi va bu u uchun shubhasiz ijobiy omil (plyus) bo‘ladi», — dedi Poyet.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso «Chelsi» bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagan.













