Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Merson: «Arsenal» o‘rtamiyona edi, Arteta ularni avvalgi darajasiga qaytardi»

Merson: «Arsenal» o‘rtamiyona edi, Arteta ularni avvalgi darajasiga qaytardi»

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Merson «kanonirlar»ning chempionligida Mikel Artetaning roli haqida gapirdi.

«Mikel Arteta «Arsenal»ga uning asl qiyofasini qaytardi. Endi odamlar yana: «Arsenal» qanday o‘ynadi?» deb so‘ray boshlashdi. 8-9 yil oldin «Arsenal» o‘rtamiyona jamoa edi — shunchaki APLning kuchli to‘rtlikka kirishi mumkin bo‘lgan jamoalaridan biri edi, xolos. Chempionlik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi. U mana shu jamoa bilan klubni avvalgi darajasiga qaytara oldi.

Arteta shuncha qilgan mehnatidan keyin APLda g‘olib chiqmasdan «Arsenal»ni tark etganida, bu juda alamli bo‘lardi. Uning Pyer-Emerik Obameyang va Mesut Ozil kabi yulduzlardan qanday voz kechganini eslang. Ular yuqori darajadagi futbolchilar edi va Arteta katta tavakkalga qo‘l urdi.

U chempionlik unvoni uchun katta maqtovlarga loyiq. Buning uchun vaqt kerak bo‘ldi, ammo jamoa shu vaqt davomida cho‘qqiga yaqin yurdi va doimo da’vogarlar qatorida bo‘ldi.

Misol uchun, agar birinchi o‘rin uchun 50 ochko, ikkinchi o‘rin uchun 25 va uchinchi o‘rin uchun besh ochko berilganida, oxirgi uch-to‘rt yil ichida «Arsenal» mamlakatning eng yaxshi jamoasi bo‘lgan bo‘lardi», — dedi Merson.

Kiritildi: 15:48, 21.05.2026.
O'qildi: 290 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик