Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Pol Merson: «Arsenal» ma’lum bir uslubda o‘ynadi va bu bosim ostida o‘z mevasini berdi»

Pol Merson: «Arsenal» ma’lum bir uslubda o‘ynadi va bu bosim ostida o‘z mevasini berdi»

Baho:
+ | -

Yaqinda Londonning «Arsenal» klubi 2004 yildan buyon ilk bor Angliya chempioniga aylandi. «Kanonirlar»ning ushbu muvaffaqiyatini taniqli sobiq futbolchi Pol Merson sharhlab o‘tdi.

Mavsum davomida Mikel Arteta jamoasi haddan tashqari pragmatik futbol o‘ynagani va tomoshaboplik yetishmagani uchun tez-tez tanqid qilib turildi, biroq Mersonning fikricha, aynan mana shunday uslub londonliklarga oradan 22 yil o‘tib, Angliya Premyer-ligasining oltin medallarini qo‘lga kiritish imkonini berdi.

«Men ulardan jozibador futbol yoki raqiblarni to‘rt-besh ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishlarini kutmagan edim. Chunki ketma-ket uch yil ikkinchi o‘rinni egallaganlaridan keyin, bu safar ligada g‘olib chiqish uchun jamoa ustida ishonib bo‘lmas darajada katta bosim bor edi. Ular ma’lum bir uslubda o‘yin ko‘rsatishdi va bu o‘z mevasini berdi — ular chempionlikni qo‘lga kiritishdi», — deya ekspertning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sky Sports» nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» joriy mavsumda yana bir sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin. Shanba kuni, 30 mayda Angliya klubi Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 18:07, 21.05.2026.
O'qildi: 111 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик