Misr futbol assosiasiyasi bosh kotibi Mustafo Azzam «Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohning Rossiya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvidagi ishtiroki haqida gapirdi. Uchrashuv 29 may kuni Qohirada bo‘lib o‘tadi.
«Muhammad Saloh — terma jamoamiz yetakchisi va sardori. Rossiyaga qarshi o‘yin o‘z uyimizda bo‘lib o‘tadi, shuning uchun, albatta, u bu bahsda ishtirok etadi», — deya Azzamning so‘zlarini keltiradi Sport24 nashri.
Yakunlangan mavsumda 33 yoshli Saloh «Liverpul» safida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yozda Muhammad mersisaydliklar klubini tark etadi. Misr terma jamoasi JCH-2026 turnirida ishtirok etadi.













