AQSH terma jamoasi himoyachisi Kris Richards milliy terma jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.
— AQSHning Jahon chempionatida g‘olib chiqishi qanchalik haqiqatga yaqin deb o‘ylaysiz?
— Nima uchun yo‘q? Mening fikrimcha, men qatnashadigan har bir o‘yinda, har bir turnirdagi maqsadim — g‘alaba qozonish. Qolaversa, biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz… Mezbonlik ustunligi bor. Amerika — ishonuvchi va umid qiluvchi insonlarga to‘la mamlakat, shunday ekan, nega biz Jahon chempionatida g‘olib chiqa olmas ekanmiz? — deya Richardsning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.
2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. AQSH terma jamoasi "D" guruhida Paragvay, Avstraliya va Turkiya milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













