«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta ilgari birgalikda ishlagan ustozi — Xosep Gvardiola haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Pep Gvardiola mening murabbiylik yo‘limning juda katta qismi bo‘lgan. Men murabbiylik faoliyatimni aynan u bilan birga boshlaganman. U ushbu ligadagi standartlarni yuqori darajaga ko‘tardi. Uning menda, futbolchilarda va klubda uyg‘otgan yagona tuyg‘usi — bu o‘z darajamiz va standartlarimizni oshirish, yanada yaxshiroq bo‘lishga intilish majburiyatidir. So‘nggi bir necha yil ichida biz chempionlikka juda yaqin kelgandik. Xayriyatki, bu safar biz buni uddalay oldik», — dedi Arteta matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 2004 yildan buyon ilk bor Angliya chempioniga aylandi. «Kanonirlar» chempionlikni muddatidan avval — so‘nggi tur boshlanishidan oldin rasmiylashtirishdi.













