Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Emmanuel Makron Fransiya kubogi finaliga tashrif buyuradi va terma jamoadan xabar oladi

Emmanuel Makron Fransiya kubogi finaliga tashrif buyuradi va terma jamoadan xabar oladi

Baho:
+ | -

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron juma kuni «Stad de Frans» stadionida bo‘lib o‘tadigan mamlakat kubogi finaliga tashrif buyuradi. Unda bosh sovrin uchun «Lans» va «Nissa» jamoalari kurash olib borishadi.

Siyosatchi prezident lojasidan joy oladi. Uning futbolchilarni qutlash uchun maydonga tushishi yoki so‘nggi mavsumlarda bo‘lganidek, stadionning tribuna osti yo‘lagida uchrashuvning 22 nafar ishtirokchisi bilan salomlashishi hozircha ochiqligicha qolmoqda.

Shuningdek, «RMC Sport» nashrining xabar berishicha, davlat rahbari yaqin haftalarda 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan Fransiya terma jamoasi qarorgohiga ham tashrif buyuradi. Didye Desham shogirdlari 29 may kuni Klerfontendagi bazada yig‘iladilar, 10 iyunda esa Amerika Qo‘shma Shtatlariga yo‘l olishadi. Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:49, 21.05.2026.
O'qildi: 507 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик