«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida o‘z jamoasining chempionligi haqida qanday xabar topganini so‘zlab berdi.
Ma’lumki, seshanba kuni «Manchester Siti» «Bornmut» bilan durang (1:1) o‘ynaganidan so‘ng, «Arsenal» APL turnir jadvalida peshqadam sifatida yetib bo‘lmas darajaga ko‘tarildi va chempionlikni naqd qildi.
— «Bornmut» - «Manchester Siti» uchrashuvini ko‘rdingizmi?
«Men ko‘chaga chiqib, bog‘da olov yoqdim va barbekyu pishirishni boshladim. Hech narsani ko‘rmayotgan edim. Lekin mehmonxonadan shovqin eshitilayotgandi. Bir payt katta o‘g‘lim bog‘ eshigini ochib, yonimga yugurib keldi, meni quchoqladi va: «Biz chempionmiz, dada!» — deb aytdi», — dedi Arteta.
«Arsenal» oradan 22 yil o‘tib ilk bor Angliya chempioniga aylandi. Premyer-liganing so‘nggi turida «kanonirlar» «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushadilar.













