Saudiya Arabistoni Pro-ligasining hal qiluvchi 34-turida chempionlik uchun kurashayotgan «An-Nasr» va «Al-Hilol» bugun o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi. Ar-Riyod klubi o‘z maydonida «Damak»ni qabul qilsa, «Al-Hilol» safarda «Al-Fayha» mehmoni bo‘ladi.
33 turdan so‘ng «An-Nasr» 83 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jorje Jezush shogirdlari yaqin ta’qibchisi «Al-Hilol»dan ikki ochko oldinda bormoqda. «Damak» esa 29 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.
Shu bilan birga, Simone Indzagi boshqarayotgan «Al-Hilol» hisobida 81 ochko mavjud. Jamoa chempionlik uchun faqat g‘alaba va raqibning ochko yo‘qotishiga umid qilmoqda. «Al-Fayha» 38 ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda.
Saudiya Arabistoni — Pro-liga, 34-tur
21 may 2026 yil, payshanba
«An-Nasr» — «Damak»
Ar-Riyod, «Al-Avval Park»: 23:00
«An-Nasr»: Bento, Al-Bushal, Simakan, Al-Amri, Martines, Yahyo, Al-Haybariy, Koman, Mane, Feliks, Ronaldu.
«Al-Fayha» — «Al-Hilol»
Al-Majmaa, «Al-Majmaa» stadioni. 21:00
«Al-Hilol»: Bunu, Al-Harbiy, Al-Tambaktiy, Ernandes, Nevesh, Milinkovich-Savich, Kanno, Ad-Davsariy, Mandash, Malkom, Leonardo.













