Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo "Real Madrid" ustoziga aylanishgi yaqin turibdi va uning oldidagi dastlabki vazifalardan biri hujumchilar Kilian Mbappe hamda Vinisius Junior o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni yo‘lga qo‘yish bo‘ladi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Real" rahbariyati ushbu futbolchilardan birini sotish variantini ko‘rib chiqmayapti, chunki klub ularni “qaymoqranglilar” loyihasining kelajagi sifatida baholamoqda.
Ta’kidlanishicha, Mourinyo oldiga Mbappe va Vinisius juftligini nafaqat Ispaniyada, balki UYEFA Chempionlar ligasida ham raqobatbardosh darajaga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Braziliyalik hujumchining amaldagi shartnomasi tugashiga yana bir yil qolgan bo‘lsa-da, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar asta-sekin ilgarilamoqda. "Real Madrid"da yangi shartnoma bo‘yicha kelishuv 2026 yilgi jahon chempionatiga qadar amalga oshishiga ishonishmoqda.













