«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Kazemiro haqidagi savolga javob berdi. Tajribali yarim himoyachi mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent maqomida klubni tark etadi.
Braziliyalik futbolchi o‘tgan turdagi «Nottingem Forest»ga qarshi uchrashuvda «Old Trafford» muxlislari bilan xayrlashib ulgurgan edi. Premyer-liganing so‘nggi turidan o‘rin olgan «Brayton»ga qarshi bahsda esa u jamoasiga yordam bera olmaydi.
«Biz Kazemiro uchun «Nottingem Forest»ga qarshi bahs oxirgisi bo‘lishini oldindan hal qilib qo‘ygan edik. Menimcha, xayrlashuv juda chiroyli chiqdi — biz aynan shuni kutgandik», — deya «United Zone» Kerrikning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Brayton» – «MYU» uchrashuvi yakshanba, 24 may kuni bo‘lib o‘tadi. Manchesterliklar chempionat yakuniga ko‘ra uchinchi o‘rinni egallashlari allaqachon kafolatlangan.













