Londonning «Arsenal» klubi italiyalik himoyachisi Rikardo Kalafyori jamoa bosh murabbiyi Mikel Artetaning qaysi jihatlari unda katta taassurot qoldirgani haqida gapirib berdi.
Arteta allaqachon London klubini mamlakat chempionligi sari boshlab keldi, biroq oldinda hali Yevropaning eng nufuzli klublar turniri — Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqish imkoniyati mavjud.
«Menimcha, menda ilgari hech qachon o‘zini mukammallashtirishga bu qadar kuchli xohishi bo‘lgan murabbiy bo‘lmagan. U bu ishtiyoqni futbolchilarga ham yuqtirishni biladi. Natijada biz ham o‘sishga erishyapmiz, buni o‘z misolimda ayta olaman.
Biroq Arteta bilan ishlash shunday — ba’zan uni yaxshi ko‘rasan, ba’zan esa undan nafratlanasan. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak», — deya Kalafyorining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «derbyderbyderby.it» portali.
Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta 2019 yildan buyon London klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.













