Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Jorje Jezush Ronalduning ko‘z yoshlariga munosabat bildirdi

Jorje Jezush Ronalduning ko‘z yoshlariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«An-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush qo‘lga kiritilgan chempionlikdan so‘ng Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Portugaliyalik forvard «Damak»ka qarshi kechgan bahsda (4:1) dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba va u bilan birga chempionlik unvonini taqdim etdi. 41 yoshli futbolchi uchrashuvning 80-daqiqasida o‘zining ikkinchi golini urganidan so‘ng ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

«Ronalduning ko‘z yoshlari? Uning futbolga bo‘lgan ishtiyoqi beqiyos. Men unga shunday degandim: «Men bu yerga faqat sen tufayli keldim. Titulni qo‘lga kiritamiz — va men g‘olib sifatida ketaman». Allaqachon hammasi biz o‘ylagandek bo‘ldi.

Bundan keyin hali o‘zimizga kelib, batafsil gaplashishga imkoniyatimiz bo‘lmadi. U ham xuddi men kabi butunlay charchagan va holdan toygan. Endi men Portugaliyaga yo‘l olaman, u esa terma jamoa ixtiyoriga jo‘nab ketadi», — deya «Al Nassr Zone» Jezushning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu zafar Krishtianu Ronaldu uchun Saudiya Arabistoni chempionatidagi ilk chempionlik hisoblanadi.

Kiritildi: 09:40, 22.05.2026.
O'qildi: 1686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик