«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes Argentina terma jamoasidagi sherigi Kristian Romeroni o‘z klubida ko‘rishni istamoqda. «Tottenxem» sardori, hatto «shporlar» Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qolishsa ham, kelayotgan yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Transfer News Live nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Fernandes «Chelsi» rahbariyatidan yozgi transfer oynasida Romeroni o‘z tomonlariga og‘dirib olishga harakat qilishni iltimos qilgan. Yarim himoyachi bu so‘rovni «aristokratlar» bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar vaqtida ilgari surgan.
Transfermarkt portali Kristian Romeroning transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Shuningdek, OAVdagi mish-mishlarga ko‘ra, 26 yoshli markaziy himoyachining xizmatlariga «Barselona» va Madridning «Atletiko» klublari tomonidan ham qiziqishlar bor.













