Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

«Oltin to‘p» sohibi Usmon Dembele «PSJ»dagi bosh maqsadini aytdi

«Oltin to‘p» sohibi Usmon Dembele «PSJ»dagi bosh maqsadini aytdi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usmon Dembele kelajakda nimalarga erishmoqchi ekanligi haqida gapirdi. Amaldagi «Oltin to‘p» sohibi bo‘lmish futbolchi 30 may kuni parijliklar safida yana bir bor Chempionlar ligasi g‘olibiga aylanishi mumkin. Hal qiluvchi finalda Luis Enrike jamoasi «Arsenal» bilan to‘qnash keladi.

«Men ham eng muhim, ham oddiy o‘yinlarda hozirgi sermahsulligimni saqlab qolishni istayman. Men gollar, golli uzatmalar va sovrinlarga ochman. Shuningdek, ba’zi uchrashuvlarda o‘yinni o‘z qo‘lingga olish va bor mahoratingni ko‘rsatish alohida ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunaman — bo‘lajak final aynan shunday bahs bo‘ladi», — deya Dembelening so‘zlarini keltirmoqda RMC Sport.

29 yoshli fransuz joriy mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 11 ta assist muallifiga aylandi.

Kiritildi: 10:40, 22.05.2026.
O'qildi: 179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик