Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Glasner «Tottenxem»ga piching qildi: «Eze «Arsenal»ni tanlab, to‘g‘ri qaror qabul qilgan»

Glasner «Tottenxem»ga piching qildi: «Eze «Arsenal»ni tanlab, to‘g‘ri qaror qabul qilgan»

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner Premyer-liganing so‘nggi turi doirasida «Arsenal»ga qarshi kechadigan bahs oldidan Eberechi Eze haqida fikr bildirdi. Yaqindagina «burgutlar»ning sobiq futbolchisi «kanonirlar» safida Angliya chempioniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, hujumkor yarim himoyachi o‘tgan yilning avgust oyida Mikel Arteta jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi, ungacha esa u «Tottenxem»ga o‘tishga juda yaqin kelgandi.

«Men «Arsenal»ni buyuk muvaffaqiyat — 22 yil deganda qo‘lga kiritilgan ilk titul bilan tabriklashni istayman. Klub fantastik hajmdagi ishlarni bajardi. Shuningdek, boshqa klubni emas, aynan «Arsenal»ni tanlab, eng to‘g‘ri qarorni qabul qildi deb hisoblaganim — Ezeni ham alohida tabriklayman», — deya matbuot anjumanida bayonot berdi Glasner.

APL so‘nggi turining barcha uchrashuvlari 24 may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Kiritildi: 10:48, 22.05.2026.
O'qildi: 463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик