Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 0-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Spalletti «Yuventus» Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, iste’foga chiqishga tayyor

Spalletti «Yuventus» Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, iste’foga chiqishga tayyor

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti agar jamoa mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, klubdan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda «La Stampa» nashri xabar bermoqda.

71 yoshli mutaxassis turinliklar boshqaruvini 2025 yilning oktyabr oyida o‘z qo‘liga olgan edi va yaqindagina shartnomasini uzaytirgandi. Biroq manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, klub ichida Spalletti va sport rahbariyati o‘rtasida keskinlik yuzaga kelgan. Ta’kidlanishicha, Chempionlar ligasiga chiqa olinmagan taqdirda, Spalletti iste’foga chiqish uchun ariza berishga tayyor. Shu bilan birga, klub rahbariyati tarkibni shakllantirishda murabbiyga ko‘proq ta’sir kuchi berish orqali uni qolishga ko‘ndirishga urinib ko‘rishi ham mumkin.

A Seriyaning so‘nggi turi oldidan «Yuventus» turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda va «Roma» hamda «Milan» klublaridan 2 ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 11:29, 22.05.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик