Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Marselo Byelsa JCH-2026 dan so‘ng Urugvay terma jamoasini tark etishini tasdiqladi

Marselo Byelsa JCH-2026 dan so‘ng Urugvay terma jamoasini tark etishini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Byelsa 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin milliy jamoani tark etishini tasdiqladi. 70 yoshli argentinalik mutaxassis Urugvay futbol assosiasiyasi bilan shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qildi.

«Bizning faoliyatimiz Jahon chempionatidan so‘ng yakuniga yetadi. Har qanday professional uchun bunday turnirda ishtirok etish — haqiqiy mo‘’jiza. Bu tuyg‘uni his qilish imkoniyatini bergani uchun Urugvaydan minnatdorman», — deya Byelsaning so‘zlarini keltiradi «El Pais» nashri.

Shuningdek, Byelsa sobiq himoyachi Ugo de Leonning gaplarini yodga olib, Urugvay futbolining uslubi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«U Urugvay maydonda taklif qilmaydi, balki javob qaytaradi, deb aytgan edi. Ya’ni jamoa o‘z o‘yinini raqibning harakatlariga nisbatan reaksiya sifatida quradi. Menga bu ta’rif juda yoqdi. O‘zim doim maydonda shaxsiy o‘yinimizni taklif qilish haqida o‘ylayman, ammo bunday boy futbol tarixiga ega mamlakatda uning asl mohiyatini tushunish juda muhim», — deya ta’kidladi mutaxassis.

Urugvay terma jamoasi JCH-2026 bahslarida «H» guruhida Ispaniya, Saudiya Araviisi va Kabo-Verde terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 13:10, 22.05.2026.
O'qildi: 114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик