«Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Turkiyaning grand klubi e’tiborini tortdi.
Taniqli turkiyalik jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Galatasaroy» klubi «Real» yarim himoyachisining ehtimoliy transfer shartlari bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Madridliklar ushbu futbolchining transferi uchun 80 million yevro talab qilishmoqda.
Kamavinganing «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan. La Liganing joriy mavsumida fransiyalik futbolchi 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.













