Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Xames Rodriges «Bavariya»da Kovach bilan bo‘lgan kelishmovchiligini esladi

Xames Rodriges «Bavariya»da Kovach bilan bo‘lgan kelishmovchiligini esladi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Xames Rodriges «Bavariya»da Niko Kovach qo‘l ostida to‘p surgan davri va murabbiy bilan o‘rtada yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida gapirib berdi.

Epizodlardan biri mashg‘ulotlardan so‘ng chidamlilikni oshirish uchun bajariladigan qo‘shimcha ishlar bilan bog‘liq edi. Xamesning myunxenliklar safidagi ijara asosida o‘tkazgan ilk mavsumi Karlo Anchelotti boshqaruvida muvaffaqiyatli kechgandi, biroq keyinchalik jamoaga Kovach keldi va vaziyat butunlay o‘zgardi.

«U murabbiy sifatida futbolchilar asosiy mashg‘ulotlardan keyin yana 30 daqiqa davomida velotrenajyor haydashlarini yaxshi ko‘rardi. Men esa unga: «Men nima, «Tur de Frans»ga tayyorgarlik ko‘ryapmanmi yoki qanday? Axir men futbolchimanku», — derdim», — deya Xamesning so‘zlarini keltirmoqda «ESPN Deportes» nashri.

Shuningdek, Rodriges nemis tilini o‘rganishdagi muammolarini ham yodga oldi va dars paytida uniing faqat uxlagisi kelganini tan oldi. Yakunda yarim himoyachi Madridning «Real» klubiga qaytdi, keyinchalik esa faoliyatini Angliyada davom ettirdi.

Kiritildi: 16:19, 22.05.2026.
O'qildi: 800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик